Qardosh shahar aloqalari o‘rnatilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan Toshkentga Amerikaning Sietl shahri delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari ramziy bog‘larning holati haqida suhbatlashdi. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentdagi “Sietl” bog‘i hududi qayta tiklanishiga umid bildirdi.
Toshkent hokimligi Do‘stlik bog‘i (sobiq Bobur) rekonstruksiyasi loyihasini taqdim etdi. Bu yer dam olish va sayr qilish uchun sokin va soya-salqin joy bo‘ladi. Bog‘ yoz oxirida o‘z eshiklarini qaytadan ochadi. Bu yerda bolalar maydonchalari, kutubxona, sport zonalari va piknik joylari bo‘ladi. Birorta ham attraksion bo‘lmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting